“O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, yangi sinov usullarini o’zlashtirish va modernizatsiya qilish maqsadida Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi uchun, Keldal usuli bo’yicha oqsil miqdorini aniqlovchi Kel’tran uskunasi, mahsulotlarning oqlilik darajasini aniqlovchi Beliznomer uskunasi, tortish shkafi uskunalari xarid qilindi.
Bu uskunalar sinov laboratoriyalari majmuasi vakolat doirasini yangi usullarga kengaytiradi va ma’nan eskirgan uskunani zamonaviy uskunaga almashtiradi. Masalan Kel’tran uskunasi sut mahsulotlari, go’sht mahsulotlari, omuxta-em mahsulotlari va boshqalarda oqsil miqdorini aniqlovchi uskuna hisoblanadi. Bu yangi olingan uskuna sinov laboratoriyalari majmuasi vakolat doirasini yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatgichga kengaytirilib, sut va go’sht mahsulotlarini sinovini to’liqligicha qamrab olish imkonini beradi.
Axborot xizmati