“2016 yilda yangi turdagi davlat standartlarini ishlab chiqish va amalda bo‘lganlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi”ni bajarish doirasida paxta mahsulotlari bo‘yicha davlat standartlarini qayta qo‘rib chiqish amalga oshirildi. 
“O‘zstandart” agentligining 05-746i sonli qarori bilan paxta mahsulotiga oid quyidagi Davlat standartlarining amal qilish muddati 2021 yil 1 sentyabrgacha uzaytirildi: 

  • O’z DSt 657:2011 Paxta momig‘i. Namuna tanlab olish usullari.
  • O’z DSt 659:2011 Paxta momig‘i. Namlikning massaviy nisbatini aniqlash usullari.
  • O’z DSt 661:2011 Paxta momig‘i. Pishib yetilganlikni aniqlash usullari.
  • O’z DSt 662:2011 Paxta momig‘i. Iflos aralashmalar va butun chigitlarning massaviy ulushini aniqlash usullari.
  • O’z DSt 645:2010 Paxta momig‘i. Texnikaviy shartlar.
  • O’z DSt 660:2011 Paxta momig‘i. Uzunlini aniqlash usullari.
  • O’z DSt 643:2006 Paxta. Namuna tanlab olish usullari.
  • O’z DSt 658:2011 Paxta momig‘i. Rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash usullari.
  • O’z DSt 644:2006 Paxta. Namlikni aniqlash usullari.

Standartni olish uchun “O‘zstandart” agentligi “Axborot – ma’lumot markazi” DKga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent sh.,Farobiy ko‘ch., 333A,
tel:249-18-66,
e-mail:
infocenter@standart.uz

Axborot xizmati