Joriy yilning 9 oktyabr kuni “O’zstandart” agentligida Germaniya Federativ Respublikasi yetakchi ekspertlar fondining (SES) O’zbekistondagi vakili Karina Ayvazova hamda fondning qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi eksperti Fridrix Notdurft bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ma’lumot uchun: SES nafaqaxo’r yoki ishdan bo’sh vaqtlarida ishlaydigan mutaxassislar va rahbarlar uchun Germaniyaning yetakchi ko’ngillilar tashkiloti. SES, 1983 yildan buyon butun dunyo, bo’ylab turli sohalarda va sektorlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda SES barcha kasb-hunar sohalarida 12 000 ortiq mutaxassislarning bilim va tajribasidan foydalanmoqda. SHu kunga qadar SESning 40 000 ziyod ixtiyoriy ekspertlari 160 dan ortiq mamlakatlarda turli sohalarda vazifalarini bajarishdi. O’zbekistonga har yili mazkur dastur asosida 40-60 nafar yetakchi ekspertlar tashrif buyuradi.
Uchrashuvda O’zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi maxsulotlarining yevropa standartlari talablari asosida ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish masalalari atroflicha muxokama qilindi.
Eslatib o’tamiz, SES fondi eksperti Fridrix Notdurft tomonidan joriy yilning 10-26 oktyabr kunlari Global GAP standartlari bo’yicha “O’zstandart” agentligi, Fermerlar uyushmasi hamda Qishloq xo’jaligi vazirligi xodimlariga o’quv seminar tashkil yetilmoqda.