“O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi ko’p tarmoqli, texnik jixatdan jixozlangan, zamonaviy me’yoriy va uslubiy hujjatlar bilan ta’minlangan, 15 ta o’lchash turlari bo’yicha o’lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish ishlarini 24 ta laboratoriyalardan tashkil topgan 7 ta bo’lim, 1 ta sertifikatlashtirish idorasiga ega. Institut laboratoriyalarida yuqori aniqlikdagi o’lchash va sinash vositalaridan foydalaniladi (Laboratoriyalarda jami 155 dona yuqori aniqlikdagi birlamchi va 679 dona na’munaviy o’lchash vositalari mavjud).
Institutda xodimlarning malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda 20 tadan ortik xodimlar Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutida va 5 xodim Belarus respublikasi milliy metrologiya institutida malaka oshirib kelishdi. Shuningdek Germaniyaning (RTV), hamda Turkiyaning (TÜBİTAK UME) tashkilotlari bilan hamkorlik memarandumlari imzolandi.
“O’zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasida 10 ta milliy boshlang’ich etalonlari mavjud, bu esa respublikadagi 700 dan ortiq yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini qiyoslash (kalibrlash) imkonini beradi:2018 yilda – 6 ta etalon, 2019 yilda 4 ta etalon, 2020 yilda 3 ta etalon va 2021 yilda esa 2 ta etalon xarid qilinishi belgilangan. Buning natijasida mavjud etalonlar soni 24 taga yetkazilib, respublikadagi 2500 dan ortiq yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini chet elga yubormasdan o’zimizda metrologik tekshiruvdan o’tkazish imkoniyati yaratiladi. 2015-2016 yillarda 43 ta etalonlar kalibrlash (solishtirish) dan o’tkaziladi.
Respublikamizda o’tkazilgan o’lchashlar natijasini Xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida Xalqaro o’lchovlar va tarozilar qo’mitasining o’zaro tan olish to’g’risidagi kelishuvi (CIPM MRA) ga asos solindi. Ma’lumki, mahsulotning sifat nazorati o’lchash va sinash asosida amalga oshiriladi. Har bir o’lchashlar va sinovlar natijalari esa davlatlararo tan olinishga ehtiyoj sezadi.
O’zbekistonning Metrik konvensiyaga qo’shilishi davlatlararo integratsiyalashuvni ta’minlashga, xalqaro savdo jarayonlarida talab etiladigan mahsulotlarni sinash va o’lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishiga zamin yaratib beradi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “O’zstandart” agentligining 2018 yilda metrlogiya bo’yicha xalqaro Metrik konvensiyaga (1875 yil 20 may kuni Parijda tuzilgan) qo’shilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo’lib, Metrik konvensiyasiga a’zo bo’lishni o’rganish natijalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Qaror loyihasi kiritildi. Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari o’zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham javob oldilar.