Tadbirkorlar “O’zstandart” agentligiga emas, aksincha “O’zstandart” tadbirkorlarning huzuriga borib, ular bilan yuzma-yuz uchrashuvlarni o’tkazishga bel bog’ladi va shu yo’sindagiuchrashuvlarning navbatdagisi “UZKAND” korxonasi bilan bo’lib o’tdi.
"UZKAND" MChJ quritilgan mevalar ishlab chiqarishga ihtisoslashgan bo’lib, korxona rahbari bilan suhbat jarayonida, mahsulotlarini oltin gugurt miqdorini aniqlashda qiyinchiliklar mavjudligi va ularni hal etish bo’yicha taklif va mulohazalari olindi.
Uchrashuv davomida tadbirkor o’z faoliyatini yanada takomillashtirishi uchun “O’zstandart” agentligi ko’magida quritilgan mevalardagi oltin gugurt miqdorini aniqlovchi yangi laboratoriyalar tashkil etish yoki mavjud laboratoriyalarni takomillashtirish, ya'ni ularni xizmat ko’rsatish quvvatini oshirishni taklifini berdi va bu unga qisqa muddatlar ichida korxonasining eksport salohiyati va geografiyasi kengayshini ma'lum qildi.
“O’zstandart” agentligi bosh direktori "UZKAND" MChJ tomonidan bildirilgan murojaatni imkon qadar qisqa muddatlarda ijobiy hal qilish yuzasidan ma'sul xodimlargako’rsatmaberib, ijrosiniqat'iy nazoratga olinishini ma'lum qildi.
Kelgusida, "UZKAND" MChJtomonidan ko’tarilgan muammoning yechimi yuzasidanamalga oshirilgan ishlar to’g’risida qo’shimcha ma'lumot beriladi.
Hurmatli tadbirkorlar Sizda “O’zstandart” agentligi rahbariyati bilan yuzma-yuz suhbatlashish istagi bo’lsa ushbu havola orqali so’ralgan ma'lumotlarni (telefon raqami, manzil va h.k) kiriting va biz albatta, Siz bilan bog’lanib, tashrif buyuramiz! Eng muhimi, sizningmuammongizgayechimtopamiz.