Matbuot anjumanida Andijon Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori Ilyosbek Qosimov va bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etib, Markaz tomonidan Prezidentimizning 2017 yil 20 apreldagi “O’zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” gi 2935 – sonli Qarori asosida bir qator ishlar bajarilayotganligiga e’tibor qaratdilar.
Markaz faoliyatida eng avvalo, viloyatdagi korxonalarda zamonaviy sifatni boshqarish tizimlarini keng joriy qilish, birinchi galda eksportyor-korxonalarda va xalqaro standartlarga muvofiq sanoat mahsulotlarini sertifikatlashtirish va aholi va tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
Andijon markazi qoshidagi sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi 2010 yilda tashkil qilingan bo‘lib, dastlab ISO 9001 seriyali xalqaro standartlarga muvofiq sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha ish olib borgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik menejment, salomatlik va kasbiy xavfsizlik, energomenejment bo‘yicha xalqaro standartlar talablari asosida milliy tizimda sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar idora tomonidan 332 dan ortiq viloyatdagi va uning tashqarisidagi ishlab chiqarish korxonalarida joriy etilgan menejmenti tizimlari sertifikatlashtirilgan.
Xalkaro akkreditatsiyadan o‘tgandan so‘ng sertifikatlashtirish imkoniyatlar juxrofiyasi ham kengaydi. Bugungi kunda nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Respublikamizning boshqa vohalarida ya’ni, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari korxonalaridan ham ISO 9001:2015 xalqaro standartlari talablari bo‘yicha joriy etilgan tizimni sertifikatlashtirishga Buyurtmalar qabul qilinib, sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2018 yilning bugungi kun holatiga, viloyat bo‘yicha 588 ta korxonada menejment tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich joriy yil oxirigacha 660 ta ga yetkaziladi.
Bulardan tashqari Markaz tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida bir qancha istiqbolli rejalar ishlab chiqilmoqda.
Masalan, Qo‘rg‘ontepa tumanida “Elektr tarmoqlari” korxonasi hududida o‘lchov vositalarini qabul qilish va tarqatish shaxobchasi tashkil qilindi va bugungi kungacha 1165 dona gaz va 1284 dona elektr hisoblagichlari qiyoslashdan o‘tkazildi. Bu ishlar tizimli davom ettiriladi.
Baliqchi tumanida esa “Gazta’minoti” korxonasi hududida 2018 yilda o‘lchov vositalarini qabul qilish va tarqatish shaxobchasi tashkil qilish rejalashtirilgan va bugungi kunda ajratilgan xonalarni ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Jurnalistlar uchrashuv so‘nggida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.