Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev, 11-sentabr kuni «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorni imzoladi.
Mazkur Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, “O’zstandart” agentligi rahbariyati ham tizimdagi masalalar, ish jarayonida yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash maqsadida joylarda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan ochiq muloqotlarni tashkil etmoqda.
Аgar Sizda faoliyatimizga oid taklif va murojaatlaringiz bo’lsa, ushbu havola orqali o’zingiz va korxonangiz haqidagi ma'lumotlaringizni (tel.raqam, manzil va h.k) kiritishingiz talab etiladi halos! Biz albatta Siz bilan bog’lanib huzuringizga tashrif buyuramiz!
Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga asosan, tadbirkorlar “O’zstandart” agentligiga emas, aksincha “O’zstandart” agentligi tadbirkorlar huzuriga borib, ular bilan yuzma yuz uchrashuvlar o’tkazishga bel bog’ladi.
So’rov uchun qo’llanma (rasm 1,2,3,4)
1.
2.
3.
4.