Qozog‘iston Respublikasi «Milliy akkreditatsiya markazi» ning 2018 yil 25 avgustidagi buyrug‘iga asosan 18-22 sentyabr kunlari «Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi» ning kimyo mahsulotlarini sinash xalqaro laboratoriyasida birlamchi inspektsiya tekshiruvi o‘tkazildi va bir vaqtning o‘zida sinov laboratoriyasining akkreditatsiya doirasi kengaytirildi.
Inspektsiya tekshiruvi xulosalari bo‘yicha o‘tgan bir yillik ish faoliyati davomida laboratoriyada birorta ham kamchilikka yo‘l qo‘yilmaganligi, belgilangan me’yorlardan og‘ishmagan holda xizmat ko‘rsatilib kelinayotganligi aniklandi va 2017 yil 27 oktyabrdagi №KZ.T.00.1951 raqamli Akkreditatsiya guvohnomasi tasdiklandi.
Endilikda markazning kimyo maxsulotlarini sinash laboratoriyasi rasmiylashtirayotgan sinov bayonnomalarida ILAC-MRA belgisidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buning natijasida sinov bayonnomalarini bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida tan olish imkoniyati yaratildi.
Kimyo mahsulotlarni sinash xalqaro laboratoriyasi tomonidan quyidagi maxsulot turlari buyicha akkreditatsiya doirasi kengaytirildi, jumladan: yuvish va tozalash mahsulotlari, atir va xo‘jalik sovuni, nam solfetkalar, kosmetik kremlar, sanitar- gigienik qog‘oz mahsulotlari, plastmassa mahsulotlari va boshqalar.
Kimyo mahsulotlarni sinash laboratoriyasi tomonidan 9 ta xalkaro ISO me’yoriy hujjatlari talablari asosida atir va xo‘jalik sovunini sinash usullari joriy etildi.
Axborot xizmati