Joriy yilning 18 sentyabr kuni “O’zstandart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov, “Turk standartlari instituti”ning O’zbekistondagi vakolatxonasi raxbari Husain Selim o‘g‘li bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning joriy yil 29 aprel-1 may kunlari Toshkent shaxrida yuqori doiradagi uchrashuvida “O’zstandart” agentligi va “Turk standartlari instituti” o‘rtasida imzolangan 2018-2020 yillarda o‘zaro hamkorlik qilish Dasturi bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, 2018-2020 yillarda “O’zstandart” agentligi va “Turk standartlar instituti” o‘rtasidagi hamkorlik dasturini amalga oshirish muhimligi qayd etildi va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni, kelishuvlarni muvafiqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.