Markazdan uzoq masofada joylashgan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida gaz va suv hisoblagichlarini davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish shaxobchasi ishga tushirildi. Shaxobchada o‘lchash vositalarini qiyoslashga qabul qilish, qiyoslashdan o‘tkazish va mijozlarning kutib turishi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Natijada Muynoq, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l va Shumanay tumanlaridagi aholi va tadbirkorlarining Nukus shahriga kelib ketishi xarajatlari va vaqtini tejalishida qulayliklar yaratildi.
Shuniningdek yaqinda Amudaryo tumanida 1 fazali elektron elektr va maishiy gaz hisoblagichlarini davlat qiyoslashidan o‘tkazadigan laboratoriya, Beruniy tumanida maishiy gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash laboratoriyalari ish boshladi.
Axborot xizmati