Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi, O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamda Sanatoriya-kurortlar boshqarmasi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarini tashkil qildi.
Seminarda Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati huquqiy himoya sektori mutaxassisi A.Nosirov so‘zga chiqib, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoa ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining mazmun va mohiyatini hamda iste’molchilar ijtimoiy harakatining ahamiyati va roli to‘g‘risida, ma’lumot berdi.
Shuningdek uchrashuvda O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining maqsadi, vazifalari va ular tomondan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasidagi olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib, har bir fuqaro bir vaqtda iste’molchi ekanligi va iste’molchi maqomini faqat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati safiga a’zo bo‘lgan holdagini to‘liq ijrosini ta’minlanishi mumkinligini ta’kidlab “Moxi-xossa sanatoriysi” yig‘ilish a’zolarini ushbu jamiyatga a’zo bo‘lishga chaqirdi.
Bulardan tashqari Buxoro SSM bo‘limi bosh mutaxassisi Sharof Tursunov so‘zga chiqib yurtimizda qabul qilingan «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq barcha gaz, sovuq va issiq suv hamda elektroenergiyani hisobga olish asboblari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratning tarqalish sohasi, barcha hisobga olish asboblari qiyoslashlararo intervalga muvofiq majburiy tartibda metrologik qiyoslashdan o‘tkazilishi kerakligi hamda majburiy davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining nomlar ro‘yxatiga muvofiq qiyoslashlararo interval quyidagicha: aholi uchun issiq va sovuq suv hisoblagichlari–4 yilda 1 marta; tashkilot va korxonalar uchun issiq va sovuq suv hisoblagichlari–2 yilda 1 marta; aholi uchun gaz hisoblagichlari–4 yilda 1 marta;korxona va tashkilotlar uchun gaz hisoblagichlari–2 yilda 1 marta; barcha turdagi elektr energiya hisoblagichlari–4 yilda 1 marta o‘tkazilish va qiyoslash ishlari olib borish nizomlari to‘g‘risida batavsil ma’lumotlar berildi..
Moxi-xossa sanatoriysi” MChJ rahbari o‘rinbosari so‘zga chiqib, har birimizning iste’molchi sifatidagi huquqlarimiz O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan himoyalanganligi, ammo har birimizning iste’molchi sifatidagi huquqlarimizni o‘zimiz himoya qilishni o‘rganishimiz va shunday malakaga ega bo‘lishimiz uchun iste’molchilar Federtsiyasiga birlashishimiz, va Federtsiya a’zosi sifatida o‘z huquqlarimizni to‘liq himoyasiga erishishimiz mumkinligini inobatga olgan holda majlis qatnashchilarini iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federtsiyasiga jamoa tartibida a’zo bo‘lishga chaqirdi.
Seminar qiziqarli va munozarali savol-javoblar bilan yakuniga yetdi.
Axborot xizmati