Mazkur anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Axborot-ma’lumot markazi tomonidan Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarini me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ta’minlashning zamonaviy usulari mavzusidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Axborot-ma’lumot markazi tomonidan Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarini me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ta’minlashning zamonaviy usulari mavzusidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Matbuot anjumanida “O’zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A.Rasulov, Axborot ma’lumot markazi direktori A.Mustafoev va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Axborot ma’lumot markazi direktori A.Mustafoev jurnalistlarga markazning faoliyati va uning tizimidagi bo‘limlar va tadbirkorlarga ko‘rsatib kelinayotgan imkoniyatlari xususida ma’lumot berdi.
Matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tilganidek, Markazda quyidagi bo‘limlar yordamida tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak berib kelinmoqda.
- Arizalarni qabul qilish va shartnomalar tuzish,
- Normativ hujjatlar bilan ta’minlash va standartlarni davlat fondini yuritish,
- Me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish,
- Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda, tarjima qilishda amaliy yordam ko‘rsatish va mahsulotlarni kataloglashtirish kabi bo‘limlari mavjud.
Arizalar qabul qilish va shartnomalar tuzish bo‘limi vazirlik va idoralar, tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kelib tushadigan arizalarni qabul qiladi, normativ hujjatlar butligini tekshirib, tahlil qiladi hamda shartnomalar tuzadi.
Normativ hujjatlar bilan ta’minlash va standartlarni davlat fondini yuritish bo‘limi vazirlik va idoralar, tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlari murojaatiga asosan ularni normativ hujjatlarning hisobga olingan nushalari, davlatlararo, O’zbekiston davlat standartlari va tashkilot standartlarini ko‘rsatkichlari bilan ta’minlaydi, shuningdek quyidagi axborotlarni taqdim etadi:
- normativ hujjatlar davlat fondida mavjudligi to‘g‘risida;
- normativ hujjatlarni aktuallashtirilishi to‘g‘risida, ya’ni normativ hujjatlarning amal qilish muddatlari, boshqa normativ hujjat bilan almashtirilganligi, me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida;
- yangi me’yoriy hujjatlarni kelib tushishi to‘g‘risida;
- standartlarni belgilanishlari va nomlarini aniqlash bo‘yicha axborotlarni taqdim etadi.
Me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish bo‘limi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushadigan normativ hujjatlarni ekspertiza qiladi, ekspert xulosasini rasmiylashtiradi.
Me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil
11 noyabrda 1422-son bilan ro‘yxatga olingan, “O’zstandart” agentligida standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda standartlashtirish tizimi asos bo‘luvchi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda, tarjima qilishda amaliy yordam ko‘rsatish va mahsulotlarni kataloglashtirish bo‘limi:
- me’yoriy hujjatlarni tarjima qilish;
- barcha toifadagi me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kataloglarini tuzish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, doimiy yangilab borish;
- transport vositalariga identifikatsion nomerni (VIN kod) o‘zlashtirib berish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
2018 yil boshidan normativ hujjatlarni ishlab chiqishda 77 ta, normativ hujjatlarni davlat tiliga tarjima qilishda 130 ta, mahsulotlarning katalog varaqlarini tuzishda 559 ta vazirlik, idoralar, tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, 752 ta murojaat natijasida 873 ta normativ hujjat davlat ro‘yxatiga olinib, joriy etildi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini Davlat fondida mavjud amaldagi normativ hujjatlar bilan ta’minlashda 558 ta murojaatlar asosida 7000 ga yaqin normativ hujjatlar bilan ta’minlandi.
Mahalliy mahsulotlarni eksport salohiyatini oshirish maqsadida, 2017-2018 yillarda 1092 ta xalqaro standartlar amaliyotga joriy etildi. Natijada xalqaro standartlarning soni 3807 taga yetkazildi. Jumladan, BMT Yevropa iqtisodiyot komissiyasining meva, sabzavot va quritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga tegishli 77 ta standartlari (shulardan, 24 tasi meva, 32 tasi sabzavot va poliz ekinlari, 21 tasi quritilgan mahsulotlar uchun), Halqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining 27 ta “Kodeks Alimentarius” standartlari qabul qilindi.
Me’yoriy hujjatlar davlat fondida mavjud bo‘lgan standartlarning elektron nusxalarini Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) dasturiga 8250 ta standartlar kiritildi va test rejimida ishga tushirish, KOICA axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda normativ hujjatlar davlat fondida 37765 ta normativ hujjatlar amalda. Ulardan:
- Halqaro standartlar (ISO)–3807 ta;
- Davlatlararo standartlar (GOST) –18913 ta;
- Horijiy davlatlarning milliy standartlari (GOST R, ASTM ...) –1100 ta;
- O’zbekiston Respublikasi davlat standartlari (O’z DSt) – 4990 ta;
- Tashkilotning standarti (Ts) - 8955 ta.
Matbuot anjumanida jurnalistlar berilgan ma’lumotlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Axborot xizmati