O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “O’zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish va boshqarma xodimlarini “Mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan ruxiyatini yanada ko‘tarish maqsadida boshqarmaning chora-tadbirlar rejasi belgilangan.
Mazkur chora-tadbir mjrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xodimlari Respublikamizning qadimiy va tarixiy viloyatlaridan biri bo‘lmish Samarqandga sayohat qilishdi. Ushbu sayohat xodimlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ularni madaniy va ma’naviy xordiq chiqarishlari uchun tashkil etildi.
Tashrif davomida qadimiy va ko‘xna shaharning diqqatga sazovor joylaridan Imom Al-Buxoriy majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hamda mahobatli Registon maydoni va unda qad rostlagan uchta madrasani tomosha qildilar. Shu bilan bir qatorda mazkur obidalarning qurilish tarixi va ajdodlarimiz tomonidan amalga oshirilgan tarixiy ishlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Axborot xizmati