Axborot ma’lumot markazi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash va davlat fondini yuritish bo‘limi tomonidan vazirliklar, tashkilotlar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmalariga asosan me’yoriy hujjatlarning nusxalari, me’yoriy hujjatlarning yillik ko‘rsatkichlari (kataloglar) bilan ta’minlandi hamda buyurtmachilarning murojaatlariga asosan ularning me’yoriy hujjatlarini aktuallashtirish ishlarini amalga oshirdi.
Xorijiy davlatlardan tadbirkorlar tomonidan Respublikamiz hududiga olib kelinayotgan va chetga olib ketilayotgan mahsulotlarga tegishli me’yoriy hujjatlarini shartli belgilarini va nomlarini aniqlab berish xizmatlari bajarildi.
2018 yilning o‘tgan davrida me’yoriy hujjatlar Davlat fondiga 1196 ta me’yoriy hujjatlar kelib tushgan. Undan: davlatlararo (GOST) - 338 ta (jami 22911 ta), xorijiy davlatlar standartlari (GOST R) - 432 ta (jami 14331), xalqaro standartlar (ISO) - 426 ta (jami 22558 ta).
Respublika me’yoriy hujjatlar Davlat fondi - 1104 ta hujjatlar bilan to‘ldirildi. Shulardan: O’zbekiston davlat standartlari (O'z DSt) 104 ta (jami 4448), tashkilotning standartlari (Ts) - 1000 ta (jami 8074 ta).
Hisobot davrida buyurtmachilarga me’yoriy hujjatlar nusxalarini ko‘paytirib berishga 1306 ta buyurtma kelib tushgan. Buyurtmachilar 3537 ta me’yoriy hujjatlar nusxalari bilan ta’minlandi.
Bulardan tashqari O’zbekiston davlat standartlari (O'z DSt) 81 ta va tashkilotning standartlari (Ts) 81 ta yillik ko‘rsatkichlari tayyorlandi, shuningdek 81 nusxada Davlatlararo standartlarning yillik ko‘rsatkichlari buyurtmachilarning murojaatlariga asosan elektron shaklda takdim etildi.
Axborot xizmati