Siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o‘rni boshlang‘ich tashkilotning faolligi va tashabbuskorligiga bog‘liq. Mamlakatimizda tobora chuqurlashib borayotgan demokratik jarayonlar siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi ma’suliyatini tobora oshirmoqda.
Bugungi kun siyosiy partiyadan o‘z saylov oldi platformasini bajarishi uchun tashabbuskor bo‘lish, hayotiy takliflarni ilgari surishda izchil faoliyat olib borishini talab etmoqda.
Siyosiy partiyaga kuch-quvvat beradigan, uning nufuzini oshiradigan muhim vositalardan biri—bu shubhasiz uning boshlang‘ich tashkilotlari, albatta. Quyi bo‘g‘in qancha faol va tashabbuskor bo‘lsa, siyosiy partiya dasturiy maqsadlari amalga oshishining kafolati shuncha mustahkamlanadi.
«O’zbekiston Liberal-demokratik» partiyasi boshlang‘ich tashkilotlar faolligi va tashabbuskorligini oshirishga, uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishga, yosh va siyosiy bilimdon yetakchilar safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Aynan shu maqsadlar yuzasidan partiya mutasaddilari «Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasida tanishtiruv uchrashuvi o‘tkazdilar.
Albatta bunday hamkorlik markazda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarni siyosiy onglarini oshirish bilan bir qatorda, jamiyatimizda kechayotgan islohotlarda faol ishtiroklarini ta’minlaydi.
Uchrashuvda markazning faol va tashabbuskor xodimlarini ushbu siyosiy partiyaning boshlang‘ich tashkilotiga a’zolikka chaqirdilar. Markazning 6 nafar xodimlari partiyaning boshlang‘ich tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza yozdilar.
Axborot xizmati