Tinch va ozod Vatan bag'rida yashash va mehnat qilish qanchalik oliy baxt. Mana 27-yildirki yurtimiz mustaqilikka erishganidan so'ng xalqimiz hamjihatlik va totuvlikda mehnat qilib, o'zlarining yorug' kelajaklarini barpo qilib kelmoqdalar.

Ayni kunlarda yurtdoshlarimizning yuz-ko'zlarida quvonch va ertangi kunlarga umid va ishonchlari tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo'lasiz.

Bularning barchasi aytish joizki istiqlol bergan imkoniyatlar desak to'g'ri bo'ladi. Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi jamoasi ham Mustaqilligimizning 27-yilligini munosib yutuqlar bilan kutib oldilar.

Bo'lib o'tgan bayram tadbirini Markaz direktori A.Muxtorov kirish so'zi bilan ochar ekan, xalqimizning farovon hayoti va kelajagi uchun istiqlol qanchalik cheksiz imkoniyatlar berganini alohida ta'kidladi.

Bayram tadbirlarida markazning bir guruh xodimlari “O'zstandart” agentligi Bosh diektori D.Sattarov tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlangani xodimlar mehnatiga munosib e'tibor va ehtirom sifatida qabul qilindi.

Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazida tashkil etilgan bayram dasturida o'z ishiga yangicha munosabatda bo'lgan bir guruh xodimlar qo'shimcha sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Albatta bayram kunlari o'tkazilayotgan bunday tadbirlar xodimlar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratishi bilan ahamiyatlidir.

   

Axborot xizmati