O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini yanada oshirish, ularga qulay sharoitlar yaratilishini kegaytirish, maishiy gaz, elektr va suv hisoblagichlarini qiyoslash tizimini takomillashtirish maqsadida hamda O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 28-dekabrdagi «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi, «Metrologiya to‘g‘risida»gi, 1996-yil 26-apreldagi «Iste’molchilar xukuklarini ximoya kilish to‘g‘risidagi» gi Qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2015 yildagi PF-4725 sonli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli ximoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlanish yulidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash va aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga yengilliklar, qulay shart-sharoitlar yaratish maksadida Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan “O’lchash vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv o‘tkazish” bo‘limiga «O’zstandart» agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlangan, 2018 yilda xududiy markazlarni metrologiya va sinov sohalarini moddiy texnika bazasini rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash vositalari va sinov uskunalarini xarid qilish reja-dasturiga asosan 2018 yilning 3 choragida xarid qilinishi rejalashtirilgan suv hisoblagichlarni qiyoslash uskunasi xarid qilindi. Ushbu suv hisoblagichlarni qiyoslash uskunasida diametri d=15 mm dan d=50 mm gacha bo‘lgan maishiy hamda ulgurji iste’molchilarda o‘rnatiladigan suv hisoblagichlarni kalibrlanadi hamda qiyoslovdan o‘tkaziladi. Hozirga kunga qadar diametri d=32 mm dan d=50 mm gacha bo‘lgan suv hisoblagichlarni qo‘shni Samarqand hamda Buxoro viloyatlarida qiyoslanib kelinayotgan edi.
Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan 2018 yilning 28 iyun kuni ushbu suv hisoblagichlarni qiyoslash uskunasi xarid qilib o‘rnatildi va bugungi kunda diametri d=15 mm dan d=50 mm gacha bo‘lgan suv hisoblagichlar qiyoslovdan o‘tkazishga erishildi.
Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi manzili Qarshi shahar Xo‘jabog‘ ko‘chasi 6-uy. (murojaat uchun telefon: 221-08-93)
Axborot xizmati