«Axborot-ma’lumot markazi» Davlat korxonasi Me’yoriy xujjatlarning ekspertiza qilish bo‘limi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davr mobaynida 816 ta ekspertiza xulosasi berildi. 757 ta me’yoriy xujjatlar ro‘yxatga olinib “O’zstandart” agentligining standartlashtirish boshqarmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“O’zstandart” agentligi texnik jihatdan tartibga solish soxasidagi normativ hujjatlar davlat fondidagi bir qancha tashkilotning standrtlari (Ts) o‘rganildi va O’zbekiston Respublikasining davlat standartlarini (O’zDSt) ishlab chiqishi rejalashtirildi. Natijada 1102 ta tashkilotning standartlari o‘rniga 24 ta yagona talablarni belgilovchi va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuvi asosida davlat standartlari ishlab chiqilishi belgilandi (masalan: qovrulgan pista, yong‘oqva no‘xotlar mahsuloti uchun 75 ta tashkilotning standarti o‘rniga 1 ta O’zbekiston Respublikasi davlat standarti, sanitariya – gigenik maqsadlar uchun mo‘ljallangan qog‘oz va qog‘oz buyumlari mahsuloti uchun 82 ta tashkilotning standarti o‘rniga 1 ta O’zbekiston Respublikasi davlat standarti ishlab chiqilmoqda).
Hozirgi kunda reja asosida 13 ta davlat standartlari ishlab chiqildi va tegishli vazirliklarga kelishish uchun yuborildi. Shuningdek reja asosidagi 11 ta davlat standarti xalqaro standartlar talablari asosida loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Axborot xizmati