“O‘zstandart” agentligi tizimida Prezidentimizning 2018 yil 5 martdagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16 avgust kuni stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari bo‘yicha Agentlikning tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida yarim final va final musobalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni S.Matkarimov (“O‘zstandart” agentligi), 2-o‘rin I.Qosimov (Andijon SSM), 3-o‘rin N.Xalidov (Buxoro SSM), ayollar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rin Z.Muxamedjanova (UzMMI), Sh.Saitmuratova (AxMM), M.Ahmedova (SMSITI). Shaxmat bo‘yicha 1-o‘rin H.Hakimov (SMSITI), 2-o‘rin A.Fozilov (Navoi SSM), 3-o‘rin A.Abdullayev (Olmaliq SSM), shashka bo‘yicha 1-o‘rin S.Kalanov (Sirdaryo SSM), 2-o‘rin A.Bo‘ribekov (Navoi SSM), 3-o‘rin T.Shorustamov (“O‘zstandart” agentligi) nufuzli o‘rinlarni egalladilar.
“O‘zstandart” agentligi tizim tashkilotlari tomonidan musobaqa g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mazkur musobaqaning futbol, arqon tortish, yugurish musobaqalari bo‘yicha 17 avgust kuni Turin politexnika Universiteti stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.