“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tashabbusi bilan Jizzax Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Jizzax Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida “Korrupsi taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Uchrashuvni Jizzax Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i v.b N.Badalov kirish so‘zi bilan ochib, «2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi» ijrosini ta’minlash Chora-tadbirlari rejasiga asosan sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari hamda savdo-sanoat palatasi vakillari bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi korxona – tashkilotlar xodimlari bilan, korrupsiyaga qarshi kurashish, bu borada qonunchilik normalari talablari, odob-ahloq qoidalari haqidagi davra suhbatlari o‘tkazish va bu davra suhbatining ahamiyati katta ekanligiga e’tibor qaratdi.
Shundan so‘ng, “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot kotibi A.Rasulov so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi seminarning o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad, xodimlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, Davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan Qonunlarga amal qilish, mijozlar bilan ishlayotganda ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, mijozlarni qonuniy haq-huquqlarini to‘g‘ri tushuntirib ishlash vazifalariga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.
Davra suxbatiga “O‘zstandart” agentligi Respublika SSM-DK yetakchi mutaxassis N.Muxitov, Jizzax shahar prokuraturasi Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Jabborov, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Sh.Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasidan M.Madjonovlar taklif etildi.
Seminar davomida so‘zga chiqqanlar korrupsiya so‘zining ma’no-mazmuni va uning keltirib chiqaradigan omillari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Har bir davlat o‘z taraqqiyot yo‘lida g‘ov bo‘ladigan korrupsiya, ta’magirlik va poraxo‘rlik illatlariga qarshi keskin chora ko‘rmasa ko‘zlagan taraqqiyotga erisha olmaydi.
Mamlakatimizda so‘nggi ikki yil davomida olib borilayotgan islohotlar va bevosita taraqqiyotimizga soya solayotgan illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Jizzax Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbati ko‘pchilikda yaxshi ta’surot qoldirdi.
Uchrashuv so‘nggida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek, seminar tavfsilotlari mahalliy va markaziy OAV lari orqali keng targ‘ib etildi.
Axborot xizmati