O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PP-2727-sonli Qarori asosida “China Railway Tunnel Group Co., Ltd.” korxonasi nomiga keltirilgan o‘lchov vositalarini sertifikatlashtirish uchun murojaat qabul qildi.
“Shargunko‘mir” AJ tomonidan yiliga 900 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarish uchun “China Railway Tunnel Group Co., Ltd.” kompaniyasibilan shartnoma imzolangan. Ushbu shartnoma asosida keltirilayotgan o‘lchov vositalari, sinov uskunalarini sertifikatlashtirish va sinov ishlarini amalga oshirish uchun institutning 7 ta mutaxassisi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida xizmat safarida bo‘lib, sertifikatlashtirish va sinov ishlarini amalga oshirib kelishdi.
O‘lchov vositalari va sinov uskunalarini sertifikatlashtirish organi tomonidan “China Railway Tunnel Group Co., Ltd.” kompaniyasini 50 turdagi o‘lchov vositalari va sinov uskunalariga yuqoridagi Prezident Qarori asosida bepul muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi.
Axborot xizmati