O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi PQ-3012-sonli “2017-2021 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiyasamaradorlikni oshirish, qayta tiklanuvchi energetika sohasini rivojlantirish choralari dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ilovasidagi chora-tadbirlar rejasini 27-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Energotajamkor mahsulotlar va texnologiyalar ro‘yhatini tuzish ularni sertifikatlash va Majburiy Energomarkirovka tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qaror loyihasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirildi.
Loyihada quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lgan energosamaradorlik texnik ko‘rsatkichlarini va sinfini aniqlovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, import qilinadigan va sotiladigan energotejamkor mahsulotlar (uskunalar, tovarlar) ro‘yxati tasdiqlanishi;
- energotejovchi mahsulotlarni energomarkirovka qilish va harid qilish bo‘yicha energiya samaradorlik sinfiga bo‘lgan talablarni belgilovchi standartlashtirish normativ hujjatlarning “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ bilan majburiy kelishilishi;
- texnik hujjatlarida, yorlig‘ida va markirovkasida energiya samaradorlik sinfiga shuningdek, “G”, “F” va “E” energosamaradorlik sinfiga mansubligi ko‘rsatilmagan maishiy elektr anjomlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishini bosqichma-bosqichma ta’qiqlanishi;
- energotejamkor mahsulotlarning davlat va xo‘jalik boshqarmalari tomonidan xarid qilinishi bo‘yicha davlat buyurtmalarining shakllantirilishi haqidagi tartibning ishlab chiqilishi.
Axborot xizmati