“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida sertifikatlashtirish jarayonlari natijasida jami 60 mlrd. 270 mln 604 ming so‘mlik mahsulotlarning yaroqsizligi a’lum bo‘ldi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, yaroqsiz deb topilgan import mahsulotlarining qiymati 33 mlrd 802 mln 745 ming so‘mni tashkil qildi.
Ming afsuski, yurtimizda ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyatlar yaratib berilishiga qaramay ayrim mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan 23 mlrd 652 mln 537 ming so‘mlik qiymatidagi mahsulotlari inspeksiya nazorati natijasida yaroqsiz bo‘lib chiqdi.
Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, yaroqsiz deb topilgan import mahsulotlari davlatlar kesimida tahlil qilinganida Xitoy (13 mlrd 731 mln 674 ming so‘mlik mashinasozlik, elektrotexnika mahsulotlari), Rossiya (11 mlrd 762 mln 803 ming so‘mlik mashinasozlik va oziq-ovqat mahsulotlari) va Hindiston (4 mlrd 110 mln 255 ming so‘mlik dori vositalari) davlatlarining mahsulotlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarning asosiy qismi mashinasozlik va metall mahsulotlari (39 mlrd 587 mln 372 ming so‘mlik), jumladan, Xitoydan keltirilgan bug‘ qozoni (kotyol parovoy) chidamliligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, yo‘lovchi lift uskunasi texnik reglamentda keltirilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlangan.
Shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan isitish qozonini sifatini tasdiqlovchi hujjatlar va sanitariya epidemiologiya organlarining ruxsatnomasi bo‘lmaganligi va yo‘lovchi lift uskunasi texnik reglamentlarda belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermaganligi tufayli yaroqsiz deb topilgan.
Dori va dori vositalari (17 mlrd 177 mln 776 ming so‘mlik) jumladan, Xindistondan keltirilgan rebabraun liofilizirovannыy 20 mg dori vositasi rn ko‘rsatkichi bo‘yicha va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiyot dokasi (marlya meditsinskaya) xlorli tuzlarning massaviy ulushi, sulfat kislotasi tuzlarining massa ulushi ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga javob bermasligi.
Oziq-ovqat mahsulotlari (3 mlrd 323 mln 337 ming so‘mlik) xususan, Gruziyadan keltirilgan tozalanmagan funduk yong‘og‘i va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan non va bulka mahsulotlari namligi bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga nomuvofiqligi aniqlanib, iste’molga yaroqsiz deb topilgan.
Axborot xizmati