Joriy yilning 7 avgust kuni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar xurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan islohotlarning qonuniy asoslarini yaratishga qaratilgan, mamlakatimiz va undagi fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohalardagi manfaatlarini ta’minlashga doir bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Yig‘ilishda “Islom davlatlarining standartlari va metrologiya instituti Ustavi va Tartib qoidalarini (Istambul, 1999 yil 7 noyabr, 2017 yil 7 may xolatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi QL-386-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonun loyixasi xam ko‘rib chiqildi va qonun loyihasini birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Ta’kidlanganidek, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarga eksport qilish xajmi, xossatan Islom Xamkorlik Tashkiloti (IXT) davlatlariga eksport qilish xajmi o‘sib borayotganligi, IXT davlatlarida maxsulotlarimizga bo‘lgan ishonchni oshirish maqsadida Islom davlatlarining standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) ga to‘laqonli a’zo bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
SMIIC tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- SMIIC standartlarini qabul qilish,
- yangi SMIIC standartlarini qabul qilish, akkreditatsiya va sertifikatlashtirish sxemalarini ishlab chiqish, ovoz berish orqali muvofiqlikni baxolash natijalarini tan olish, O‘zbekiston manfaatlarini olg‘a surish orqali savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish,
- "Halol" mahsulotlarini ishlab chiqarishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan standartlarni joriy etish, sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish,
- standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi SMIIC davlatiga a’zo davlatlar mutaxassislari bilan tajriba va fikr almashish.
Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi mas’ul xodimlari xam ishtirok etdilar.
Axborot xizmati