“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, soha xodimlari ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusidagi seminarlar tizimli tashkil etilmoqda.
Navbatdagi seminarlar Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon va Namangan Sinov va sertifikatlashtirish markazlarida tashkil etildi.
Vodiy viloyatlarida tashkil etilgan uchrashuvlarga Prokuratura, Sud, Adliya, Ichki ishlar va Savdo-sanoat palatasidan mehmonlar taklif etildi.“Korrupsiya taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusidagi seminarlarda ishtirok etgan sohaning mas’ullari yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning bugungi holati, ta’magirlik, poraxo‘rlik illatlari rivojlanishimizga katta to‘siq ekanligini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdilar.
Amaliy seminar ishida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, yuristkonsult E.Rahmonov, va Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining yetakchi mutaxassisi N.Muxitov ishtirok etdilar.
Albatta hududiy boshqarma va markaz xodimlari ishtirokida muntazam tashkil etib kelinayotgan amaliy seminarlarning ahamiyati beqiyos.
Uchrashuvlarda tizim xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olmoqdalar.
Shuningdek, seminar tavfsilotlari mahalliy va markaziy OAV lari orqali keng targ‘ib etildi.
Axborot xizmati