“O‘zstandart” agentligi va Iste’molchilar Huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamkorligida fuqarolarning ko‘p sonli murojaatlariga ko‘ra Toshkent shahrining bozorlaridagi savdo shoxobchalari va yirik savdo tarmoqlarida nazorat xaridlari amalga oshirildi.
Ming afsuski o‘tkazilgan tadbirlar natijasida ko‘rsatib o‘tilgan savdo tarmoqlarida sifatsiz va ist’emolga yaroqsiz mahsulotlarning aholiga sotilayotganlik holatlari aniqlandi.
Respublika sinov va sertifikatsiya markazi xodimlari tomnidan sut va sut mahsulotlari, jumladan quyultirilgan sut, muzqaymoq va yumshoq sir (pishloq) mahsulotlari nazorat tartibida xarid qilindi.
Markaz qoshidagi kimyo-biologiya laboratoriyasi hamda respublika sanitar-epidimologik nazorati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tekshiruvdan o‘tkazilgan 20 ta mahsulotdan 13 tasining ko‘rsatkichlari me’yor talablariga javob bermadi.
Masalan, tekshiruvdan o‘tkazilgan 6 turdagi pishloq mahsulotlaridan 3 tasida (savdo markasi “Slivochnыy”, ishlab chiqaruvchi- "ASIA LEADER" XK, MChJ, savdo markasi “Eksklyuziv”, ishlab chiqaruvchi -" Ixlos Kelajak", savdo markasi “Grand”, ishlab chiqaruvchi - "Grand Milk Service” MChJ) yoqimsiz hidi, yopishqoq konsistensiya, yuqori darajadagi zichlik va boshqa kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Tekshiruvdan o‘tkazilan 8 turdagi quyultirilgan sut mahsulotlarining 5 tasida me’yoriy hujjatlar talablari buzulgan. Jumladan oziq-ovqat xavfsizligi talablariga rioya etilmaganlik holatlari ham aniqlandi.
Jumladan, «AYuP» savdo markali hamda «Щedraya dolina» savdo markali (ishlab chiqaruvchi - «Ayur» XK, 340 gr temir bankalarga joylangan) mahsulotlarda shakar kristallari miqdorining ruxsat etilgan me’yorlardan anchayin yuqoriligi aniqlandi.
Bundan tashqari yuqoridagi mahsulotlarda “ichak tayoqchalari” (kishechnaya palochka) bakteriyalari guruxiga kiruvchi (ITBG) bakteriyalarning mavjudligi aniqlandi (ushbu patogen tayoqchalar odamning oshqozon-ichak traktiga tushguday bo‘lsa katta yoshdagilarda va yosh bolalarda ichak infeksiyasi kasalligi va gemolitiko-uremik sindromini chaqirishi xavfi yuzaga keladi. Ichak infeksiyasi gemorrogik kolit, enterit, ovqatdan zaxarlanish va “sayyox diareyasi” ko‘rinishida bo‘lishi mumkin).
Yana, savdo markasi “Vini pux” bo‘lgan “Moloko sgusho‘yennoyo varennoye” (ishlab chiqaruvchi «Sweet Snap» MChJ, temir bankalarga 380 gr joylangan) mahsulotida yumaloq shakldagi berch jismlar (komochki) bilan qorishgan turli tuman konsistensiyalarning mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari mahsulotning markirovkasida yog‘larning umumiy ulushi 4% ko‘rsatilganligiga qaramasdan, amalda bu ko‘rsatkich 2% tashkil etishi aniqlandi.
Bu mahsulotlarda ham ITBG bakteriyalarining mavjudligi aniqlandi.
“Sguщenka” va “Sguщenka varennaya s saxarom” savdo markali (ishlab chiqaruvchi «Favorit Elit Tex» MChJ bo‘lgan, 380 gr temir idishlarga qaloqlangan) mahsulotlarda bu kabi mahsulotlarga yot bo‘lgan maza va turli tuman konsistensiya, me’yoridan ortiq yopishqoqlik, kabilar mavjudligi aniqlandi.
Olti turdagi muzqaymoq mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazilganda bularning uchtasida yog‘larning umumiy ulushi etiketkada ko‘rsatilganidan kam ekanligi aniqlandi.
Jumladan “Krem bryule” (ishlab chiqaruvchi «Ice&Gold)», 100 gr qadoqlangan), «Kreasy Max» (ishlab chiqaruvchi «Sabe» MChJ, 80 gr dan qadoqlangan), “Plombir klassicheskiy” savdo markasi bilan ishlab chiqarilgan muzqaymoqda (ishlab chiqaruvchi «Future Fruit” MChJ, 60 gr dan qadoqlangan).
Bundan tashqari “Plombir klassicheskiy” savdo markasi bilan ishlab chiqarilgan muzqaymoqda (ishlab chiqaruvchi «Future Fruit” MChJ, 60 gr dan qadoqlangan) ITBG bakteriyalarning mavjudligi aniqlandi.
Hurmatli iste’molchilar, mahsulot xarid qilayotgan paytingizda albatta uning muvofiqlik sertifikatini so‘rashni unutmang.
Axborot xizmati