«O‘zstandart» agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi joriy yilning 16 iyun kuni “Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi binosining majlislar zalida bo’lib o’tdi.
Sayyor qabulni Qo’qon shahar hokimi o’rinbosari S. Rahmonaliyev kirish so‘zi bilan ochib, hozirgi kunda Respublikamizda kichik biznes vakillari faoliyatiga berilayotgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirib kelinayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga to‘xtaldi.
Shundan so’ng “Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori M. Azimov so’zga chiqib, standartlashtirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarida olib borilayotgan ishlar, amaldagi qonunlar va qo’llanilayotgan me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati xususida gapirib berdi.
Yig’ilishda ishlab chiqarish korxonalarining vakillari, kichik biznes subyektlari va fuqarolar ishtirok etib, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalariga oid o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga qoniqarli javoblar oldilar.