O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona-tarif tizimini boshqarishni takomillashtirish va tashqi savdo faoliyatini yanada tartibga solish choralari to‘g‘risida”gi PQ-3818-sonli Qarori keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Ma’lumki, yurtimizda keng qamrovli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar amalga oshirilib, bunda mamlakati-mizning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga integratsiyalashuvi va tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda hamda ushbu yo‘nalishda joriy yilning o‘zida 10ga yaqin qarorlar qabul qilindi.
Shubhasiz ushbu qarorlarning qabul qilinishi mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat olib borishlarini rag‘batlantirmoqda va qulay shart-sharoit yaratilishiga xizmat qilmoqda.
Yuqoridagi qarorning qabul qilinishi tufayli bojxona-tarif tizimini boshqarishni yanada takomillashtirilib, mamlakatimizda tadbirkorlikning rivojlanishiga, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishining ko‘payishiga, ichki bozorning sifatli tovarlar bilan ta’minlanishiga, shuningdek import-eksport operatsiyalarini amalga oshirishda turli xarakterdagi ruxsatnomalar olishni keskin kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Qarorga muvofiq bojxona-tarif tizimini boshqarishni yanada takomillashtirishning asosiy tamoyillari belgilanib, import bojxona to‘lovlari stavkalari (1-ilovaga) Respublikamiz hududiga kiritiladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar aksiz solig‘i stavkalari (2-ilovaga) tasdiqlangan va ushbu normalar 2019 yilning 1 yanvaridan amaliyotga joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, qarorning 3-bandiga muvofiq joriy yil 1 sentyabrdan shunday tartib o‘rtilmoqdaki, unga ko‘ra O‘zbekiston respublikasiga “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti”ga a’zo mamlakatlardan sertifikatlangan holda tovarlar kiritilayotganda ularning respublikamizda qayta sertifikatlanishi talab etilmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti” bu – erkin bozor iqtisodi va demokratiya tamoyillarini tan oluvchi rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy tashkiloti bo‘lib, markaziy idorasi Parij shahrida joylashgan.2006 yildan beri tashkilotning Bosh kotibi janob Xose Anxel Gurria Trevino(Meksika)
Qarorga ko‘ra, shuningdek “(import) erkinaylanish” rejimida ishlab chiqarilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiriluvida davlat tilida markirovka qilinishi talab etilmaydigan bo‘ldi.
Mazkur qarorning qabul qilinishi,bir qator ijobiy natijalarga olib keladi va tadbirkorlarimiz uchunyangi quylayliklar yaratilgan. Jumladan:
- Avvalombor “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti”ga a’zo mamlakatlardanrasmiy dillerlar orqali sertifikatlangan sifatli mahsulotlar kirib keladi;
- Mamlakatimizda tadbirkorlar soni oshib, ichki bozorga kirib kelayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshadi;
- Rasmiylashtirishga ketadigan xarajatlar kamayib, tadbirkorlarning mablag‘lari va vaqti tejaladi, korrupsiyaning oldi olinadi;
- Bojxona-tarif tizimining takomillashtirilishi bozorda narxlarning pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Iste’molchilarning mahsulot sifatiga bo‘lgan ishonchi oshib, mahsulotlarni xarid qilishga ehtiyoji va qiziqishi ortadi.
Shunday qilib, yuqoridagi qarorning qabul qilinishi Respublikamizda tadbirkorlikning rivojlanishi va mamlakatimizning jahon iqtisodiyoti tizimidagi o‘rni va mavqesi oshishiga xizmat qiladi deb umid qilamiz
Axborot xizmati