Xalqimizda sog‘ tanda sog‘lom aql, degan naql bejiz aytilmagan. Hech kimga sir emas, sport bu umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida futbol, arqon tortish, shaxmat-shashka, yugurish kabi sport turlarini kuchaytirish maqsadida sport tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar “O‘zstandart” agentligi tizimidagi barcha tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir 100 dan ziyod yoshlarni o‘z bag‘riga oldi. Sport tadbiri so‘nggida g‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
Axborot xizmati