“Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tashabbusi bilan Surxandaryo Bojxona boshqarmasi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giva Prezidentimizningg 2018 yil 29 iyundagi PQ-3818-sonli “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorlarining sohaga oid mazmuni va mohiyati to‘g‘risida hududdagi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va ishbilarmonlar o‘rtasida seminar o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan seminar ishida tadbirkorlarga me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati va yaratib berayotgan imkoniyatlari xususida batavfsil ma’lumotlar berildi
.

Axborot xizmati