Joriy yilning 1-yarim yilligida sertifikatlashtirish ishlari natijasida jami 60 mlrd.270 mln 604 ming so'mlik mahsulot yaroqsiz deb topildi.
Shundan, yaroqsiz deb topilgan import mahsulotlar 33 mlrd 802 mln 745 ming so‘mni, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 23 mlrd 652 mln 537 ming so‘mni va inspeksiya nazorati natijasida aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar 2 mlrd 815 mln 322 ming so‘mni tashkil etadi.
Yaroqsiz import mahsulotlar davlatlar kesimida tahlil qilinganida Xitoy (13 mlrd 731 mln 674 ming so‘mlik mashinasozlik, elektrotexnika mahsulotlari), Rossiya (11 mlrd 762 mln 803 ming so‘mlik mashinasozlik va oziq-ovqat mahsulotlari) va Hindiston (4 mlrd 110 mln 255 ming so‘mlik dori vositalari) davlatlarining mahsulotlari tashkil etdi.
Ushbu yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarning asosiy qismi mashinasozlik va metall mahsulotlari (39 mlrd 587 mln 372 ming so‘mlik), jumladan, Xitoydan keltirilgan bug‘ qozoni (kotyol parovoy) chidamliligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, yo‘lovchi lift uskunasi texnik reglamentda keltirilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlangan.
Shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan isitish qozonini sifatini tasdiqlovchi hujjatlar va sanitariya epidemiologiya organlarining ruxsatnomasi bo‘lmaganligi va yo‘lovchi lift uskunasi texnik reglamentlarda belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermaganligi tufayli yaroqsiz deb topilgan.
Dori va dori vositalari (17 mlrd 177 mln 776 ming so‘mlik) jumladan, Hindistondan keltirilgan rebabraun liofilizirovannыy 20 mg dori vositasi rn ko‘rsatkichi bo‘yicha va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiyot dokasi (marlya meditsinskaya) xlorli tuzlarning massaviy ulushi, sulfat kislotasi tuzlarining massa ulushi ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Oziq-ovqat mahsulotlari (3 mlrd 323 mln 337 ming so‘mlik) xususan, Gruziyadan keltirilgan tozalanmagan funduk yong‘og‘i va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan non va bulka mahsulotlari namligi bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga nomuvofiqligi aniqlanib, iste’molga yaroqsiz deb topilgan.
Sertifikatlashtirish ishlari natijasida yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarga sertifikatlashtirish organlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda ushbu yaroqsiz mahsulotlarni respublikamiz hududida realizatsiya qilinishi oldi olingan
Axborot xizmati