Bugun ko'cha-kuyda yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib ulardan kundalik iste'mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan ko'nglingiz to'ladimi degan savolni berib ko'ring.
Ming afsuslar bo'lsinkim aholining asosiy qatlami bozorlarimiz va yirik savdo majmualarida sotilayotgan mahsulotlarning sifatidan qoniqmayotganliklari ma'lum bo'ladi.
Keling shu o'rinda “O'zstandart” agentligi tomonidan iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish borasida olib borayotgan ishlaridan ayrimlarini keltirib o'tsak.
Agentlik tomonidan o'tgan davr mobaynida 67 ta tadbirkorlik subektlarida standartlashtirishga doir davlat nazorati o'tkazildi.
O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida 183 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi sinovlardan o'tkazilganda shundan 42 tasi ya'ni 23 foiz mahsulotlar me'yoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.
Bulardan tashqari Toshkent shahri va Toshkent viloyatining savdo rastalarida sotilayotgan 56 turdagi (sut va sut mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, go'sht mahsulotlari, ichimlik suvi, bolalar ozuqasi, kakao va sharbat) mahsulotlarining nazorat xaridi amalga oshirildi.
Sinov natijalariga ko'ra 18 turdagi sut va go'sht mahsulotlarining me'yoriy hujjat talablariga sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari bo'yicha nomuvofiqliklar aniqlandi.
Hurmatli iste'molchilar, mahsulot xaridi jarayonida albatta uning muvofiqlik sertifikati mavjudligiga e'tibor qaratishingizni so'raymiz.
Axborot xizmati