“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamkorligida “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining davlat nazorat organlari tomonidan ijro etilishini o‘rganish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Uchrashuvda – Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Z.Nizomxo‘jayev, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari B.Tojiyev, va boshqa vazirlik hamda idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan yuritiladigan me’yoriy hujjatlar davlat fondida 70 265 ta (shundan 37 627 tasi respublikada joriy etilgan) standart mavjud bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga va ularni baholashga oid 4 146 ta standartni tashkil etadi.
O‘tkazilgan davlat nazorati tekshiruvlarida 183 turdagi oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi sinovlardan o‘tkazilib, shundan 42 (22,9%) turdagi mahsulot amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgani uchrashuvda alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tekshiruvlarda jami 5012 dona o‘lchov vositasidan 733 (14,6%) donasi qiyoslanmagan, yaroqsiz holatda foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 57 ta, nomuvofiq bo‘lgan mahsulotlarning sotilishini ta’qiqlash yuzasidan 10 taqaror chiqarilgan. 73 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan 20,7 mln.so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining savdo rastalarida sotilayotgan 56turdagi (sut va sut mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, ichimlik suvi, bolalar ozuqasi, kakao va sharbat) mahsulotlarining nazorat xaridi amalga oshirilgan. Sinov natijalariga ko‘ra 18 turdagi sut va go‘sht mahsulotlarining me’yoriy hujjat talablariga sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlangan.
Biroq olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarga qaramay, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari standartlarda belgilangan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga nomuvofiq ravishda ishlab chiqarilmoqda.Ikkinchidan, ayrim ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan holda, mahsulot qadoqlariga mahsulotlarni saqlash sharoitlari va ishlab chiqarilgan sanalarni belgilamaydi, oqibatda mahsulotlar savdo rastalarida uzoq muddat saqlanmoqda va sotilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilarning oshqozon-ichak tizimida turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga olib kelmoqda.
Shuningdek, ayrim ishlab chiqaruvchi korxonalar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash nazoratini olib borish uchun tegishli o‘lchov vositalari bilan ta’minlanmay qolmoqda.
Bulardan tashqari, ayrim xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mahsulotlar muvofiqlik sertifikatisiz ishlab chiqarilib, ichki bozorlarda sotilmoqda. Buning oqibatida mahsulotlarning sifatini belgilangan standartlarga muvofiqligini nazorat qilish mezonlari buzilmoqda.
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish sohasida:
“O‘zstandart” agentligi tizimidagi inspeksiya idoralari tomonidan 2017 yil boshidan shu kunga qadar sertifikatlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ustidan 10 548 ta inspeksiya nazorati o‘tkazilgan. Shundan 8 428 ta muvofiqlik sertifatining amal qilishi tasdiqlangan, 1 474 ta muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati vaqtincha to‘xtatilgan va 646 ta muvofiqlik sertifikati belgilangan tartibda bekor qilingan.
Qolaversa, “O‘zstandart” agentligining Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2017 yilda 13 ta korxonada davlat nazorati o‘tkazilgan, jami 63 turdagi alkogol mahsulotining sifati tekshirilgan, shundan 19 turdagi (19 585 dona aroq, 1 356 dona likyoraroq va 8 253 dona vino) mahsulotning sifati amaldagi standart talablariga muvofiq emasligi aniqlangan.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida davlat nazorat organlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga hamda ularni baholashga oid 4 146 ta standart mavjud.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan 2017 yil va 2018 yilning 1 apreliga qadar standartlashtirishga doir normativ hujjatlar majburiy talablarining bajarilishi hamda metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi 67 ta tadbirkorlik sub’ektida davlat nazorati o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan davlat nazorati tekshiruvlarida 183 turdagi oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi sinovlardan o‘tkazilib, shulardan 42 (23%) turdagi mahsulot amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan.
Shuningdek, 2017 yil davomida sertifikatlashtirish ishlari natijasida respublika va hududiy markazlar tomonidan 897 273 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz deb topilgan.
Olib borilayotgan profilaktik ishlarga qaramay, sohada bir qator yechimini kutayotgan muammolar kuzatilmoqda.
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari standartlarda belgilangan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga nomuvofiq ravishda hamda muvofiqlik sertifikatisiz ishlab chiqarilmoqda.
Ayrim ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, mahsulot qadoqlarida mahsulotlarni saqlash sharoitlari va ishlab chiqarilgan sanalarni qayd etmayapti, oqibatda mahsulotlar savdo rastalarida uzoq muddat saqlanmoqda va sotilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilarning oshqozon-ichak tizimida turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga olib kelmoqda.
Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish, ularni pishirish, saqlash va tarqatish, ish jihozlarini yuvish va zararsizlantirishda amaldagi SanQvaMlariga rioya etilmayapti. Ishchilarning shaxsiy gigiyena qoidalari talablariga rioya etmasligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasligi oqibatida oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishiga va inson organizimiga tushishi orqali ovqatdan zaharlanish va boshqa turli xil kasalliklarning rivojlanishiga olib kelmoqda.
Xususan, 2017 yilda “To‘xtaniyoz ota” kolbasa mahsulotlariga sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan qo‘shimchalarning qo‘shilganligi, ushbu mahsulotlarning realizatsiya qilinishi natijasida 5 nafar fuqaro zaharlanganligi aniqlangan.
Ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan eshak go‘shtining umumiy ovqatlanish shahobchalariga ulgurji narxlarda sotilishi qayd etilmoqda, oqibatda aholining ijtimoiy kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qolaversa, veterinariya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazilmagan sut va sut mahsulotlarini ruxsat etilmagan joylarda sotish holatlari davom etmoqda.
Amaliy seminar yakunida mazkur muammolarni hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati