Raqobatbardosh ishlab chiqarishni kuchaytirishga, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga, qaratilgan bojxona-tarif jihatdan tartibga solishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi "Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-3818-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy prinsiplari belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, 2018 yil 1 sentyabrdan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning akkreditatsiyadan o‘tgan organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari berilgan, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan majburiy muvofiqlik sertifikatlashtirishni amalga oshirish hamda tovarlarning “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmasligi belgilandi.
Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun galdagi qulay shart-sharoitlar yaratilganligini isbotidir.
Ma’lumot uchun: Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga bugungi kunda quyidagi 37 ta davlatlar a’zo xisoblanadi.
Axborot xizmati