Namangan standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Namangan sinov sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi bilan birgalikda 2018 yil 17 iyul kuni innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697-sonli qarori bilan tashkil etilgan Namangan viloyatidagi “ICON-NAMANGAN INNOVATSIA MARKAZI” da markaz mutaxassslariga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, sifat menejmenti sohalari va “O‘zstandart” agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ruxsat etuvchi xujjatlar mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati mobaynida mutaxassislarning qo‘shma va chet el korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni joriy etish, korxonalar tomonidan va chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotni sifatini aniqlashda foydalanilayotgan o‘lchash vositalarini xatoliklari, mahsulotni eksportga yo‘naltirishda ko‘proq nimalarga e’tibor berilishi zarurligi yuzasidan berilgan savollarga javoblar va boshqaruv tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha boshqarma va markaz xodimlari tomonidan tushuntirishlar berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.
Markaz bilan tadbirkorlarga qulaylik va tezkorlik bilan axborotlarni taqdim etish maqsadida axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.
Axborot xizmati