“O‘zstandart” agentligining markaziy apparati bo‘linmalari hamda Toshkent viloyati va Poytaxt hududida joylashgan tizim tashkilotlari xodimlariga noqonuniy tekshirishlarga nimalar kirish hamda buning oqibatida xodimlarga nisbatan qanday choralar ko‘rilishi yuzasidan davra suhbatida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shu o‘rinda noqonuniy tekshirishning o‘zi nima degan savolga javob bersak. Jumladan, maxsus vakolatli organ bilan kelishilmagan holda o‘tkazilgan tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda belgilangan tekshirishning maqsadi, muddati doirasidan chetga chiqqan holda, hamda buyruqda ismi sharifi ko‘rsatilmagan mansabdor xodim tomonidan o‘tkazilgan va tekshirish o‘tkazish huquqigi ega bo‘lmagan mansabdor xodim tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar noqonuniy hisoblanadi.
Davra suhbatida “O‘zstandart” agentligining Standartlashtirish, davlat nazoratini muvofiqlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i H. Qosimov va yuristkonsult R. Sharopovlar ishtirok etib mavzuga oid bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarni berdilar.
Axborot xizmati