2018 yil 3 iyulda “O’zstandart” agentligida sertifikatlashtirish organlari ishtirokida texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohalaridagi dolzarb masalalar va mavjud muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mitalarning bugungi kundagi faoliyati va ularni takomillashtirishga qaratilgan dolzarb vazifalar;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-sonli farmonining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PQ-3818-sonli “O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmuni va mohiyati;
- Texnik jihatdan tartibga solish sohasida qabul qilingan texnik reglamentlarga asosan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarni akkreditatsiya doiralarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va bu boradagi muammolar.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi, “O’zstandart” agentligi boshqarma boshliqlari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi va texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohalarida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, sertifikatlashtirish organlarining xalq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan Texnik qo‘mitalar tarkibida ish yuritilishiga kelishildi.
Axborot xizmati