“O’zstandart” agentligining 2018 yil 9 fevraldagi 4-sonli yig‘ilishi bayonining 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan qo‘shma korxona tashkil etish va investitsiya jalb etish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahri “Nijniy Novgorod texnik tashxis, ekspertiza va sertifikatlashtirish markazi” ma’suliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Kapustin Konstantin Sergeevich (“Nijniy Novgorod texnik tashxis, ekspertiza va sertifikatlashtirish markazi” bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha muzokoralarni boshlab yubordi.
Ushbu korxona Rossiya Federatsiyasida 25 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, uning xizmat doirasiga quyidagi ishlar qamrab olingan:
- turli jixozlarning texnik xolatini baxolash soxasida, shuningdek, 5 yildan ortik Bojxona ittifoki xududida muomalaga chikarilgan maxsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish;
- bundan tashkari, 1995 yildan buyon putur yetkizmaydigan sinov usullari soxasida mutaxassislarni tayyorlash va attestatsiyadan utkazish organi sifatida akkreditlangan, sanoat xavfsizligi ekspertizasi;
- “Nijniy Novgorod texnik tashxis, ekspertiza va sertifikatlashtirish markazi” MChJ xavfli sanoat ob’ektlarida kullaniladigan texnik vositalarning sanoat xavfsizligi va sanoat xavfsizligi ekspertizasini utkazishga, xavfli ishlab chikarish ob’ektlarida texnologik jarayonlarni amalga oshirish, bino va inshoootlarning sanoat xavfsizligini urganish, xom ashyo va maxsulotlarni saklash, odamlar va yuklarning xarakatini urganish, maxaliylashtirish va baxtsiz xodisalar okibatlarini bartaraf etish soxasidagi tashkilotdir.
Joriy yilning 28 iyun kuni Buxoro shahrida “Nijniy Novgorod texnik tashxis, ekspertiza va sertifikatlashtirish markazi” MChJ Bosh direktori K.S.Kapustin, Texnik direktor S.D Demidiklar ishtirokida Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha memorandium imzolanib, ishchi guruxi tashkil etildi va bir oylik muddat ichida QK tashkil etish bo‘yicha zarur bo‘ladigan hujjatlarni ishlab chiqilishi kelishib olindi.
“Nijniy Novgorod texnik tashxis, ekspertiza va sertifikatlashtirish markazi” ma’suliyati cheklangan jamiyati putur yetkazmaydigan sinov usuli hamda ishlab chiqarish korxonalarining xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish, Bojxona ittifoqi va YeAES (Yevraziyskiy ekonomicheskiy soyuz) talablari asosida xodimlarni sertifikatlashtirish, TR TS 032/213 “Xaddan ortik bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi tugrisida” gi, TR TS 004/2011 “Past kuchlanishli uskunalar tugrisida” gi, TR TS 010/2011 “Mashina va uskunalar xavfsizligi tugrisida” gi, TR TS 016/2011 “Gazli yokilgida ishlaydigan kurulmalarning xavfsizligi tugrisida” gi talablariga asosan hamda neft va kimyoviy korxonalar, neft va gaz qazib olish, qayta ishlash, kimyoviy xavfli va portlash xavfi bo‘lgan korxonalarda texnik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish, dekloratsiyalash va muvofiqlikni tasdiqlash yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yo‘lga qo‘yiladi.
Axborot xizmati