Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan Buxoro muhandislik texnologiya instituti talabalari ishtirokida “O‘zstandart” agentligi tizimidagi qonunlari va me’yoriy hujjatlarini amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Amaliy seminar ishida institutning «Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishi talabalari qatnashdi.
Ushbu darslarda talabalar O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi, «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi, «Maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi konunlari va «O‘zstandart» agentligining me’yoriy hujjatlarini amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
Bu bilan birga talabalar Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Buxoro sinov va sertifikatlash markazi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatayotgan xizmatlari bo‘yicha kerakli bilimlarga ega bo‘ldilar, jumladan:
- o‘lchash vositalarni kiyoslashga tayyorlash bo‘yicha;
- o‘lchash vositalarni tanlash bo‘yicha;
- standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha;
- mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishi bo‘yicha.
O‘z bilimlarini chuqurlashtirdilar:
- mamlakatimizda va xorijda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xolati to‘g‘risida;
- metrologik xizmat, davlat metrologik tekshiruv va nazoratining funksiyalari to‘g‘risida;
- o‘lchash vositalarni kiyoslashdan o‘tqazish bosqichlari bo‘yicha;
- o‘lchash hatoliklarini aniqlash, taxlil va ularni bartaraf etish to‘g‘risida;
- o‘lchash birliligini ta’minlash metodlari to‘g‘risida;
- xizmatlar, jarayonlar va mahsulotlar bo‘yicha sinov laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha;
- ishlab chiqarishda metrologik ta’minot va monitoring to‘g‘risida;
- davlat va halqaro standartlarni tuzilish tamoyillari, me’yoriy hujjatlar bilan foydalanish qoidalari bo‘yicha;
- sertifikatlashtirish tizimlari, sertifikatlashtirishning tartibi va qoidalari to‘g‘risida.
Axborot xizmati