Joriy yilning 11 iyun kuni Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tashabbusi bilan viloyat davlat sanitariya epidemiologiya markazi, Xorazm viloyati fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan xamkorliKda Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi binosida “GGLOBAL G.A.P xalqaro standartini joriy etish avzalliklari” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan seminarda Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi mutaxasisilari GLOBAL G.A.P xalqaro standartinining talabrani, mazmun-moxiyati va sertifikatlashtirish to‘g‘risida tushintirib o‘tildi.
Yig‘ilishi yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi. Seminar baxs va munozaralar asosida qizikarli tarzda yakunlandi.
Axborot xizmati