Ma’lumki “O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati tomonidan Respublikamizdagi nufuzli OAV lari bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shu bois Agentlik tizimida olib borilayotgan o‘ziga xos yangiliklar, tajribalar hamisha jurnalistlar nigohida.
Bugun “O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati hamda Chirchiq Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Mediatur tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shahardagi ishlab chiqarish korxonalariga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar xususida jurnalistlarga ma’lumot berishdan iborat.
Tashkil etilgan Mediatur davomida OAV lari xodimlariga Rossiyaning ROSSTSELMASh zavodi bilan yangi kombayn ishlab chiqarish jarayoni va “Russkiy resgistr” assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan xalkaro ISO9001:2015 standartining afzalliklari va uni ishlab chiqarishda qo‘llanilishi haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng mehmonlarga “MAKSAM-ChIRChIK” AJda joriy qilingan hamda sertifikatlangan ISO 9001:2015, ISO 14001, OHSAS 18001, ISO 50001, hozirgi kunda standartlarning mohiyati va afzaliklari hamda yutuqlari haqida korxonaning sifat bo‘yicha vakili R.Quralova batavfsil ma’lumot berdi.
Markaz tomonidan aholi va tadbikorlar uchun yaratilayotgan qulayliklarni ko‘rsatish maqsadida, hisoblagichlarni qabul qilishda Bo‘stonliq tumanida tashkillashtirilgan metrologiya shaxobchasining faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuv davomida OAV lariga markazning sertifikatlashtirish bo‘limi tomonidan “Eksporter” korxonalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam to‘g‘risida, korxonalar misolida sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i Yulduz Primkulova ko‘rgazmali ma’lumotni taqdim etdi.
Bir so‘z bilan aytganda bunday Mediatur boshqa markazlar tomonidan ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.