O‘zbekistonimiz va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda, 2017 yil 12 may kuni Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda “O‘zstandart” agentligi, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kanselyariyasi bilan standartlashtirish, metrologiya hamda muvofiqlikni baholash sohalarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan hamkorlikni yanada rivojlantirish va sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish uchun yaqindan xalqaro hamkorlik alokalari o‘rnatishildi.
Joriy yilda “Bir makon, bir yo‘l” dasturi asosida “Ozik-ovqat xavfsizligi import-eksport nazorati”, “Import-eksport qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini nazorati”, “Don va don mahsulotlarini qayta ishlash va tekshirish texnologiyasi” mavzularida 100 dan ortik xodimlarni Xitoy Xalk Respublikasida malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Shu kunga qadar 12 nafar xodim xalkaro seminarlarda ishtirok etib, o‘z malakalarini oshirishdi, xozirgi kunda 7 nafar xodim Pekin shahrida tashkil etilgan xalkaro seminarda ishtirok etishmokda va iyul oyida 45 nafar xodim yuqoridagi mavzu yo‘nalishlarida bilim, malakalari va tajribalarini oshiradi. “Bir makon bir yo‘l” dasturining ijrosi amalda davom etadi....