“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan sohani rivojlantirish hamda tizim xodimlarini,shuningdek iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim ta’lim muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “O‘zstandart” agentligining mutaxassis kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi 2017 yil 4 sentyabrdagi 295k-sonli hamda 2017 yil 19 sentyabrdagi 508-sonli buyruqlari asosida tizim tashkilotlaridagi mutaxassis kadrlarni xalqaro darajada tan olingan chet el o‘quv kurslarida hamda SMSITIda tashkil etilgan “Halol” va ISO 22000 xalqaro standartlari bo‘yicha jami 85 nafar mutaxassis o‘qib, o‘z malakalarini oshirdilar va ulardan 42 nafari xalqaro ekspert-auditorlik darajasiga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining taklifi, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi elchisining Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Kanselyariyasi hamda Sifat nazorati va karantini bo‘yicha Szyansus institutining takliflariga asosan 2018 yil davomida jami 12 nafar mutaxassislar Xitoy Xalq Respublikasiga o‘qish va malaka oshirish uchun yuborildilar.
Albatta tizimda yo‘lga qo‘yilgan bunday istiqbolli hamkorlik kelgusida o‘zining ijobiy samarasini beradi.