Ma’lumki har bir jamiyatning yuksak taraqqiyotiga soya soladigan bir qancha omillar bor. Masalan, ta’magirlik, loqaydlik, beparvolik va jamoada nosog‘lom muhitni yaratish kabi salbiy illatlarning ko‘payishi jamiyatni inqirozga olib boradi.
Yuksak taraqqiyotni gullab turgan daratxtga qiyoslaydigan bo‘lsak, korrupsiya mazkur daraxtni quritishga olib keladigan asosiy omillardan biridir.
Shuning uchun qaysiki davlat, millat rivojlanishni hohlasa bunday illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borishi kerak. Muhtaram Prezidentimiz o‘zlarining har bir ma’ruzalarida yurtimiz bir necha yillar taraqqiyotdan orqada qolganini achinish bilan gapirdilar.
Buning asosiy sabablaridan biri, o‘tgan yillar davomida ayrim yuqori lavozida o‘tirgan rahbarlar orasida korrupsion jinoyatlarni haddan tashqari ko‘payib ketgani bilan bog‘liq desak xato bo‘lmaydi. Bir guruh poraxo‘rlar davlatimizni rivojlantirish o‘rniga uning tabiiy va boshqa boyliklarini talon-taroj qildilar.
Oddiy odam farzandini maktabgacha ta’lim maskaniga olib borsa, ta’magirlikka uchrasa, nufuzli maktabda bolasini o‘qitay desa yana o‘sha kasallik, Oliy ta’lim tizimida ham bunday illatlar tomir otgani hech kimga sir emas.
Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar ma’lum ma’noda yuqoridagi kabi salbiy illatlarga barham beradi.Albatta bunday jarayonda targ‘ibot-tashviqot ishlarining sifatli va tizimli tashkil etish orqali xalqimizga yetkazilsa, albatta ijobiy natijalar beradi.
“O‘zstandart” agentligi tizimida ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Navbatdagi Ma’naviyat soatida Respublika Bosh Prokuraturasidan Xudoyberdi Tursunbekov va Toshkent shahar prokuraturasi tergovchisi Jo‘ra Rashidovlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Seminar shaklida o‘tkazilgan suhbat jarayonida mehmonlar o‘zlari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali materiallar, hayotiy misolar tarzida mavzuning yanada qiziqarli ochib berdilar.
Uchrashuv so‘ngida xodimlar o‘zlaridagi qo‘shimcha savollariga javob oldilar.