“O’zstandart” agentligida “PerkinElmer” kompaniyasi vakillari ishtirokida “Xalqaro standartlar bo‘yicha oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifat nazorati” mavzusida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “O’zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘linmalari, Sog‘liqni saqlash Vazirligi qoshidagi DSENM va O’simliklar karantin davlat inspektsiyasi, “Donmahsulotlari” MChJ, Davlat veterinariya Qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminarda xalqaro standartlarga muvofiq mahsulot sinovlari uchun zamonaviy sinov uskunalaridan foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Seminar yakuni bilan xodimlarni zamonaviy uskunalardan foydalanish bo‘yicha kelgusida o‘quv-amaliyot seminarlari tashkil etilishi kelishib olindi.