“O’zstandart” agentligi xodimlari 2018 yil 29 maydan 1 iyungacha Moldova Respublikasining Kishinev shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) “Milliy standart va dasturlar loyihalarini ishlab chiqish menejmenti” mavzusidagi mintaqaviy seminarida ishtirok etyapti.
O’qitish to‘rt kun davomida o‘tkazilib, ham dastlab, ham keyingi mashq qilish topshiriqlarini o‘z ichiga oladi. O’qitishda Markaziy Osiyo hamda Markaziy va Sharqiy Yevropaning 13 mamlakatidan standartlashtirish sohasidagi 30ta yetakchi mutaxassis ishtirok etmoqda.
O’qitish dasturi ISO Nesreen Al-Khammashi Siglinde Kaiser Xalqaro standartlashtirish tashkilotining Dastur menejerlari tomonidan interaktiv axborot almashish formatida ishlab chiqilgan.
O’qitish borasida standartlashtirish sohasidagi quyidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqiladi:
- Standartlarning mamlakat miqyosidagi iqtisodiy o‘sishga, unumdorlikka, savdo balansiga ta’sirini baholash;
- Rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat organlari uchun afzalliklar;
- Importga doir milliy manfaatlarni himoyalash, eksport bozorlariga kirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish;
- Butun jahon savdo tashkiloti VTOning “Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risida”gi Kelishuvini amalga oshirish va VTO a’zolari tomonidan kelishuv talablariga rioya qilinishi.