Texnik jihatdan tartibga solish sohasida me’yoriy hujjatlar bilan axborot ta’minoti samaradorligini oshirish maqsadida “Uzstandart” agentligi tomonidan, mahsulotlarning katalog varaqlarini yuritish va boshka talablariga rioya qilish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlangan:
- Texnik jihatdan tartibga solish sohasida me’yoriy hujjatlar bilan axborot ta’minoti tartibi;
- Mahsulotlarni katalog varaqlarini yuritish to‘g‘risidagi qoidalar;
- G’ildirakli transport vositalarini identifikatsion nomer (VIN kod) bilan tamg‘alash va davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar.
(Matnlar rus tilida taqdim etiladi)
Qoidalar loyihasi bo‘yicha taklif va e’tirozlarni «Axborot ma’lumot markaz» DK ga 10.06.2018 y. gacha quyidagi e-mail bo‘yicha yuborishingiz mumkin: infocenter@standart.uz.
Aloqaga chiquvchi shaxs - Maxmudova Gulchexra Gafurdjanovna, tel: 249-35-48