Joriy yilning 29 may kuni Koreya kiyim-kechak sinovi va tadqiqot instituti (Korea Apparel Testing and Research Institute) prezidenti janob Hyung Gun Park va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o’rinbosari J. Shukurov o‘rtasida “O‘zstandart” agentligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Koreya kiyim-kechak sinovi va tadqiqot instituti (KATRI) Germaniya, Amerika, Yaponiya, Angliya va Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) standartlari asosida trikotaj matolardan tortib to tayyor mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda Respublika sinov sertifikatlash markazi (RSSM) xodimlarini kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlarini sinovi va sertifikatlash bo‘yicha malakalarini oshirish, sohadagi erishilgan ilmiy yutuqlarni o‘zaro almashish va O‘zbekiston Respublikasida kiyim-kechak –trikotaj sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etishga kelishib olindi.
Tashrif davomida, KATRI o‘z faoliyati bilan tanishtirdi, hamda standartlashtirish, muvofiqligini baholashda tajriba almashish bo‘yicha agenlashuv Memorandumi imzolanishiga erishildi.
Shu bilan bir qatorda, janob Hyung Gun Park boshchiligidagi deligatsiya a’zolari Respublika sinov sertifikatlash markazining oziq-ovqat, trikotaj laboratoriyalarining faoliyati bilan yoqindan tanishdi.
Uchrashuv Koreya kiyim-kechak sinovi va tadqiqot institute prezidenti janob Hyung Gun Park “O‘zstandart” agentligi rahbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.