Joriy yilning 26 may kuni MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK qoshidagi Sinov laboratoriyalari majmuasining “To'qimachilik laboratoriyasi”, “TURK AK” akkreditaciya idorasi tomonidan TS EN ISO 17025-2012 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo'yiladigan umumiy talablar” bo'yicha birinchi inspekciya nazorati muvaffaqiyatli o'tkazildi.
Tasdiqlangan rejaga asosan, to'qimachilik laboratoriyasi mutahassislari tomonidan halqaro me'yoriy hujjatning sinov metodlari asosida sinovlar o'tkazildi.
“TURK AK” akkreditasiya idorasi Еvropa tashkiloti akkreditasiya (ЕА)ga, Halqaro akkreditasiya forumi (IAF) va Akkreditaciya laboratoriyalari nazorati inspeksiya tashkiloti idoralari (ILAC), hamda O'zaro bitim va hamkorlik MLA-ga a'zodir. Bu esa MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK ning sinov laboratoriyasi majmuasining mustaqilligiga va holisligini ta'minlab, MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK tomonidan rasmiylashtirilayotgan sinov bayonomalari natijalari nafaqat ichki bozorlarda balki jahon bozorlarida tan olinishi imkoni bermoqda.