“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, navbatdagi sayyor qabul Sirdaryo viloyatining Bayovut tumanida tashkil etildi.
Tumandagi Sanoat kasb-hunar kollejida, tadbir avvalida mehmonlar uchun tuman va viloyat tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qiloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

 

Shundan so‘ng yig‘ilish boshlandi.  Unda “O‘zstandart” agentligi bosh direktorining matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Metrologiya xizmatlar ko‘rsatish markazi direktori o‘rinbosari, G‘. G‘oziyev va Sirdaryo viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, hamda Sirdaryo viloyati Sionov va sertifikatlashtirish markazining rahbarlari ishtirok etdilar. Shuningdek yig‘ilishga tumandagi ta’minotchi korxonalarning mas’ul xodimlari ham taklif etildi.
Sayyor qabul jarayonida asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanayotgan yurtdoshlarimiz mahsulotlarni ishlab chiqarishda va uni eksport qilish jarayonlarida standart talablari, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarning o‘rni va vazifalari bilan bog‘liq savollariga javoblar oldilar.   
  

Axborot xizmati